Kontent qismiga oʻtish

Mamadali Nortojiev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mamadali Nartojiev
Tavalludi 1925-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Unvoni
Mukofotlari

Mamadali Nartojiev ( 1925-yil Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati Oltiariq tumani Fayziobod qishlogʻida tavallud topgan) — Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi “Qizil qushun” xoʻjaligi brigadiri, bosh agronom va agronom-entomolog (1969-yildan). Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1950)[1][2].

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1925-yilda Fargʻona viloyati Fayziobod qishlog'ida dehqon oilasida tug'ilgan. Millati o`zbek. Mahalliy qishloq maktabini tamomlagan. 1943-yil safarbarlikka qadar qishloq xo‘jaligida ishlagan. Ulug' Vatan urushida qatnashgan. U 286-piyodalar diviziyasining 994-piyoda polkida jang qilgan. 1944-yildagi janglarning birida yaralangan[3].

1945-yilda demobilizatsiya qilinadi va vataniga qaytib keladi. Oddiy kolxozchi, Oltiariq tumanidagi “Qizil qushun” jamoa xoʻjaligida paxtachilik boʻyicha zveno boʻlib ishlagan.

1949-yilda u rahbarlik qilgan zveno 6,6 gektar maydonning har gektaridan o‘rtacha 67 sentnerdan paxta xomashyosi oldi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1950-yil 13-iyundagi farmoni bilan 1949-yilda sug‘oriladigan yerlarda sholi, paxta va yashil kenaf poyasidan yuqori hosil olgani uchun Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni hamda O‘roq va bolg‘a oltin medali bilan taqdirlangan. Ajoyib mehnat natijalari uchun 1950-yil natijalariga ko'ra u ikkinchi Lenin ordeni bilan taqdirlangan[2].

19521955-yillarda Toshkentdagi kolxozlarga rahbar kadrlar tayyorlash maktabida tahsil olgan, so‘ng Oltiariq tumanidagi “Qizil qushun” kolxozida bosh agronom bo‘lib ishlagan. 1967-yilda Leningrad kolxozini sovxozga aylantirildi. U shu sovxozda boʻlim agronomi, 1969-yildan agronom-entomolog lavozimlarida ishlashni davom ettirdi[2]. Nafaqaga chiqqanidan so‘ng Farg‘ona viloyati Toshloq tumani To‘xtaboyev qishlog‘ida yashaydi[1].

  1. 1,0 1,1 Нартажиев Мамадалы, Память народа
  2. 2,0 2,1 2,2 „Нартажиев Мамадали. Сайт «Герои страны».“.
  3. „Нартажиев Мамадалы Военно-пересыльные пункты и запасные полки“.